Haqiqiy Yangi yil Cheers bilan!»

AKSIYA O’TKAZISH QOIDALARI

« Haqiqiy Yangi yil “Cheers” bilan!»

Promo-yorliqli «CHEERS» savdo belgisi chipslarini xarid qiling, pachkalar ichidagi kodli talonlarni toping hamda ajoyib sovrinlar: sviter, sharf, qalpoq, sayohat uchun yo’llanmaga ega bo’ling! Aksiya o’tkazishning umumiy muddati – 1 oy, 2020 yilning 20 noyabridan 2021 yilning 1 yanvariga (yoki aksiya sovrinlar jamg’armasi tugagunga) qadar davom etadi. Aksiya tashkilotchisi va uni o’tkazish qoidalari haqidagi batafsil malumotni www.cheers.uz saytida va tezkor telefon tarmog’i +998 (78) 120-07-60 bo’yicha olish mumkin.

 

«Haqiqiy yangi yil “Cheers” bilan!» AKSIYASINING ShARTLARI

 

«Haqiqiy Yangi yil “Cheers” bilan! (keyingi matnda – «Aksiya») reklama aksiyasida ishtirok etish bilan, Ishtirokchilar ushbu qoidalar (keyingi matnda – «Qoidalar») ga to’liq rozilik bildiradilar.

 

  1. Umumiy ma’lumotlar

1.1.  Aksiyaning nomi – « Haqiqiy Yangi yil “Cheers” bilan!»

1.2. Aksiya rag’batlantiruvchi lotereya hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan chiptalarga haq tolash bilan bog’liq emas va tavakkalchilikka asoslanmagan.

1.3. Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.

1.4. Aksiyani o’tkazish hududi – 0‘zbekiston Respublikasi.

1.5.  Aksiya tashkilotchisi «EAST-WEST INVEST» Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Qo’shma korxona (keyingi o’rinlarda – «Tashkilotchi») hisoblanadi. Yuridik manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Chilanzor tmnani, Chorbog’ ko’chasi, 14-uy, tel: (71) 230-90-69,

1.6 Aksiya o’tkazishning umumiy muddati – 1 oy, 2020 yilning 20 noyabridan 2021 yilning 1 yanvariga (yoki aksiya sovrinlar jamg’armasi tugagunga) qadar davom etadi.

 

1.7 Aksiya ishtirokchilarini xabardor qilish yo’llari.

Aksiya ishtirokchilari Aksiya qoidalari va shartlari haqida quyidagi yo’llar bilan xabardor qilinadi:

  • – Internet tarmog’ida cheers.us Saytida (keyingi matnda – «Sayt»);
  • – «tezkor tarmoq» telefoni: +998 (78) 120-07-60 bo‘yicha (ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilish uchun tegishli mintaqadan Toshkent shahar telefon raqamlariga shaharlararo qo’ng’iroq qilish tarifi bo’yicha, yoki, agar Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati telefon raqamidan qo’ng’iroq qilinsa, Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida belgilangan ichki qo’ng’iroqlar tariflari bo’yicha haq olinadi);

– Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Cheers” sahifalari orqali.

 

  1. Aksiyada ishtirok etish shartlari

2.1. O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi jismoniy shaxslar  Aksiya Ishtirokchilari (keyingi matnda – «Ishtirokchi») bo’lishi mumkin.

Quyidagi shaxslarga Aksiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

2.1.1. Tashkilotchining xodimlari va Tashkilotchining manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar, shuningdek ularning oila a’zolari;

2.1.2. belgilangan tartibda Tashkilotchi bilan affillangan deb tan olingan shaxslar;

2.1.3. Tashkilotchi bilan shartnomaviy aloqada bo’lgan va Aksiyani tashkil qilish va / yoki o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan xodimlar va uchinchi shaxslarning vakillari, shuningdek ularning oila a’zolari.

2.2. Aksiya ishtirokchilari, xususan, quyidagi huquqlarga ega:

(I) ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiya to’g’risida ma’lumot olish huquqi;

(II) ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa huquqlar.

2.3. Aksiya ishtirokchilari, xususan, quyidagi majburiyatlarga ega:

(I) Aksiyani o’tkazish paytida uning qoidalariga rioya qilish;

(II) ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar.

2.4. Quyidagi qadoqlardagi “CHEERS” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan chipslarni sotib olgan Aksiya qatnashchisi:

(I) «Cheers» Shashlik 30 gr.;

(II) «Cheers»  Shashlik 70 gr.;

(III) «Cheers»  Shashlik 140 gr.;

(IV) «Cheers»  Shashlik 220 gr.;

(V) «Cheers» Pishloq 30 gr.;

(VI) «Cheers»  Pishloq 70 gr.;

(VII) «Cheers»  Pishloq 140 gr.;

(VIII) «Cheers»  Pishloq 220 gr.;

(IX) «Cheers» Smetana va koʻkat 30 gr.;

(X) «Cheers» Smetana va koʻkat 70 gr.;

(XI) «Cheers» Smetana va koʻkat 140 gr.;

(XII) «Cheers» Smetana va koʻkat 220 gr.;

(XII) «Cheers» Smetana va piyoz 30 gr.;

(XIV) «Cheers» Smetana va piyoz 70 gr.;

(XV) «Cheers» Smetana va piyoz 140 gr.;

(XVI) «Cheers» Smetana va piyoz 220 gr.;

(XVII) «Cheers» Koʻk piyoz 30 gr.;

(XVIII) «Cheers» Koʻk piyoz 70 gr.;

(XIX) «Cheers» Koʻk piyoz 140 gr.;

(XX) «Cheers» Koʻk piyoz 220 gr.;

(XXI) «Cheers» Tomat  30 gr.;

(XXII) «Cheers» Tomat 70 gr.;

(XXIII) «Cheers» Tomat 140 gr.;

(XXIV) «Cheers» Tomat 220 gr.;

(XXV) «Cheers» Chili-vasabi 30 gr.;

(XXVI) «Cheers» Chili-vasabi 70 gr.;

(XXVII) «Cheers» Steyk 30 gr.;

(XXVIII) «Cheers» Steyk 70 gr.

 

 

 

2.5. Aksiyaning mukofot jamg’armasi Tashkilotchining o’z mablag’lari hisobiga shakllantiriladi va uni quyidagilar tashkil etadi:

Yangi yil sharflari: 1 000 dona

Yangi yil tolstovkalari: 500 dona

Yangi yil qalpoqlari: 1 000 dona

Sayohatga yo’lanma: 30 dona

 

Sirli qutilar: 10 dona

 

2.6. Aksiyada qatnashish va sovg’alarni olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

2020-yil 20-noyabrdan boshlab 1 oy ichida Aksiya nomi va Aksiya to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan promo yorlig’i bo’lgan mahsulotlarni sotib olish, promo qadoqdan kodli talonni topish (talonlar soni cheklangan), talonda ko’rsatilgan kodni SMS orqali 3700  qisqa raqamlariga yuborish. Sovrin ko’rsatilgan javob SMS-xabarini olish.

Sovrinni yutib olgan taqdirda (sviter, sharf, qalpoq, sayohat uchun yoʻllanma va sirli quti), sovrin 6 ish kuni ichida ishtirokchi tomonidan ko’rsatilgan manzilga yetkaziladi va shaxsan aksiya ishtirokchisiga topshiriladi.  Sovrinni olish uchun qadoqdagi yutuqli kod koʻrsatilgan talonning fotosuratini va mobil telefoningizdagi 93 380-85-45 raqamiga yuborilgan yutuqni tasdiqlovchi SMS xabarni taqdim qilishingiz kerak.

Sovrinlar tashqi ko’rinishi reklama materiallaridagi tasvirlardan farq qilishi mumkin.

  1. Kodli talonlar haqida ma’lumot.

3.1 Kod tushirilgan talonlar alohida zich berkitiladigan steril oziq-ovqat o’ramiga solinadi.  Har bir talon sovrinli hisoblanadi.  Talonlar soni cheklangan.  Sovrinli taloni bo’lgan pachkalarning umumiy soni ishlab chiqarilgan promo-yorliqli pachkalar umumiy sonining 5 foizini tashkil qiladi.

 

4.Boshqa qoidalar

4.1. Aksiyada ishtirok etish bilan uning Ishtirokchilari Tashkilotchiga aksiya davomida o’zlarining shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, jinsi, yoshi, aloqa telefon raqami, elektron pochta manzilini ma’lum qilishga, Tashkilotchi tomonidan olingan boshqa shaxsiy ma’lumotlarni aksiya Tashkilotchisi tomonidan qayta ishlash, shu jumladan yig’ish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash (shu jumladan shikoyatlar bo’lgan hollarda), aniqlik kiritish (yangilash, o’zgartirish), foydalanish (ushbu Aksiya bilan bog’liq maqsadlar uchun Ishtirokchilar bilan individual bog’lanish), tarqatish, shaxssizlashtirish, bloklash, ushbu Aksiyani o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarni yo’q qilish huquqini berishga rozilik bildiradilar.  Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari ushbu Aksiya bilan bog’liq ravishda faqat Tashkilotchi tomonidan qo’llaniladi va ushbu Aksiya bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlar uchun hech qanday uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi.  Ushbu rozilik Ishtirokchi tomonidan istalgan vaqtda buyurtma pochta jo’natmasi orqali Tashkilotchiga yuborilgan yozma xabarnoma bilan bekor qilinishi mumkin. Aksiya davomida Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan barcha shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan, Tashkilotchi yoki uning vakolatli shaxslari ularning maxfiylik rejimiga rioya qiladilar va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha choralar ko’radilar.

4.2. Tashkilotchiga har qanday ma’lumotlarni, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etgan Aksiya Ishtirokchisi bu ma’lumotlarning to’g’riligi uchun barcha xavflarni va javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

4.3.  Aksiyada qatnashish bilan bog’liq bo’lgan G’oliblar ismlari, familiyalari va ular tasvirlangan foto va video materiallar, shuningdek suhbatlar va ular haqidagi boshqa materiallar Tashkilotchi tomonidan Aksiyani o’tkazish bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun yoki O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

4.4. Aksiyada qatnashish aksiya qatnashchilarining ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqganligi va roziligini bildiradi.

4.5.  Aksiya Ishtirokchisi istalgan vaqtda aksiyani tashkil etuvchiga buyurtma pochta jo’natmasi orqali tegishli ariza yuborish bilan Aksiyada qatnashishdan bosh tortishi mumkin.  Ariza erkin shaklda tuzilgan bo’lib, unda Ishtirokchining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami va aloqa telefon raqami keltirilishi shart.

4.6. Tashkilotchi istagan vaqtda Internetdagi www.cheers.uz Saytida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali Aksiya qoidalarini o’zgartirish huquqiga ega.

4.7.  Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan har bir holatda Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko’ra ish ko’radilar.

 

 

 

 

Taqriz

Alisher Axmedov
13/09/18

Очень вкусные чипсы! Вся семья в восторге!

Tatyana Varfolomeyeva
10/07/18

Вся семья в восторге! Очень вкусные чипсы😍

Madina Azimova
16/07/18

Со вкусом сыра просто 🔥

Artyom Gorodeskiy
30/07/18

Чипсы просто супер. Классный конкурс, в котором я выиграл. Спасибо огромное!

Muhabbat Rajapova
08/08/18

Cheers берите – cупер вкус!
Самый лучший ПЕРЕКУС!

Tatyana Kamalova
08/08/18

Это просто супер 👍👍👍👍👍 💖💖💖💖

Nenya Mirzayeva
09/08/18

Ням, ням, ням! Они очень вкусные)))

Nailya Nailya
09/08/18

Очень вкусные! Рекомендую!

Diana Sultanova
09/08/18

Очень вкусные! )))))))))))

Anora Bulatova
09/08/18

♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️

Biz haqimizda

“EAST-WEST INVEST” O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi milliy sneklar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Korxonaning snek mahsulotlari faqat tabiiy xom ashyo asosida tayyorlanadi.

“Cheers” – bu pechda pishirishning o‘zgacha texnologiyasi asosida tayyorlangan mahalliy bozordagi noyob va o‘z turkumida yagona chipslardir. Ya’ni, an’anaviy chipslardan farqli ravishda, Cheers qizitilgan moyda qovurilmaydi, balki konvension pechda qirsillaydigan po‘stloqday bir tekis holatga kelguncha qizartirib pishiriladi. “Cheers” chipslari haqiqiy golland kartoshkasi va xushbo‘y hid beruvchi ziravorlardan iborat bo‘lgan tabiiy masallig‘lardan tayyorlanadi.

Угадай новые вкусы Cheers

tatlar

Smetana va ko‘kat

Mayin qaymoq va xushbo‘y hidli ko‘kat ta’mlarining ajoyib aralashmasi – ushbu mavsumning eng a’lo kombinatsiyasidir. O‘ta mazali qilib pishirilgan CHEERS “SMETANA VA KO‘KAT” chipslarini ta’tib ko‘ring!

Pishloq

Qorningiz ochdimi? Pishloqning xushbo‘y hidi bilan uyg‘unlikda qizartirib pishirilgan kartoshkaning betakror ta’mi kayfiyatingizni ko‘tarish uchun aynan eng kerakli narsa.  Pishloq ta’mli CHIPSlarni o‘zingiz bilan birga olib yuring!

Smetana va piyoz

Ko‘kpiyozning ajoyib xushbo‘y hidi va smetananing qaymoq ta’mi bilan uyg‘unlikda qizartirib pishirilgan chipslar ochlik hisi ustidan osonlik bilan g‘alaba qozonadi. CHEERS «SMETANA VA PIYOZ» – to‘yimli va mazali!

Kabob

Kabob va qizartirib pishirilgan kartoshkaning mazali ta’midan bahra oling. Kabob ta’mli qirsillaydigan CHEERS chipslari qadog‘ini oching va zavqlaning! CHEERS “KABOB” – bu asl ta’m qadriga yetuvchilar uchun lazzat!

Ko‘k piyoz

Ishtahani ochuvchi ko‘kpiyoz ta’mi berilgan qirsillaydigan qilib pishirilgan kartoshka chipslarini ta’tib ko‘ring. Kartoshka va ko‘kpiyoz uyg‘unligining betakror va ajoyib ta’mi sizni befarq qoldirmaydi!

Pomidor

Aynan ta’mni qadrlovchilar uchun sersuv tomat ta’mli qarsildoq chipslarni tayyorladik. Tomatning ta’mi va qarsildoq chipslarning ajoyib uyg’unligi sizga unutilmas lazzat beradi!

voqea lentasi

QVZ ning quvnoq homiysi – Cheers toblangan chipslari.

24 mart  soat 18-30 da Alisher Navoiy nomidagi Kino Saroyida, eski “Panorama”, QVZ ning Xalqaro Do’stlik Kubogi bo’lib o’tdi, u yerda taklif etilgan mehmonlar sifatida QVZ  AMIK (“Aleksandr Maslyakov va Kompaniya”) Oliy Ligasining eng yaxshi guruhlaridan biri bo’lgan “Jangchilar” (“Борцы”) chiqish qildi. Shuningdek, Kubokda QVZ O’zbekiston Oliy Ligasi Chempoini, Bishkek shahri QVZ AMIK Rasmiy Ligasi Chempioni “Ala Too”, Moskva va Moskva viloyati Markaziy Ligasi ishtirokchisi – QVZ guruhi “Like” ham qatnashdilar. QVZ ning quvnoq homiysi – Cheers toblangan chipslari. QVZ-2019 ning keyingi o’yinlarini o’tkazib yubormang!

“Sevimli Ovoz”ning rasmiy homiysi – Cheers tandirdan uzilgan chipslar.

“Sevimli ovoz” – yosh ijrochilar tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi televizion musiqali loyiha. Qatnashchilarni kun-u tun kameralar kuzatuvida bo’lgan Yulduzli uyga joylashtirishadi. Ishtirokchilarga mobil telefonidan foydalanish ta’qiqlanadi. Shuningdek, loyiha shartlariga ko’ra ularga ijtimoiy tarmoqlardan ham foydalanish mumkin emas. Har kuni loyiha ishtirokchilari xoreografiya, vocal, aktyorlik mahorati, fitnes, psixologiya, tarix, rejissura, badiiy o’qish san’ati, sovet qo’shiqlari mashg’ulotlarida ishtirok etishlari kerak. Asosiy mashg’ulotlar bilan bir qatorda, o’zbek shou-biznesining yulduzlari tomonidan ishtirokchilar uchun san’at asoslari bo’yicha mahorat darslari o’tkaziladi. Ishtirokchilarning loyihani tark etishi yakshanba kungi hisobot konsertning oxirida bo’lib o’tadi. Konsertdan so’ng o’qituvchilardan iborat loyiha hay’at a’zolari kelgusi hafta “Yulduzli uy” dan ketishi mumkin bo’lgan uch nafar qatnashchining ismini e’lon qiladilar. Biroq, loyiha ishtirokchilari uch nafar nomzodning bittasini kamaytirishga haqli. Bir haftadan so’ng, keyingi konsertda tomoshabinlarning ovoz berish natijalari e’lon qilinadi, g’olib «Sevimli Ovoz» da qoladi. “Sevimli Ovoz”ning rasmiy homiysi – Cheers tandirdan uzilgan chipslar.

 

CHEERS - yiling eng yaxshi mahsuloti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgust sanasida chiqarilgan qaroriga asosan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan «Tashabbus-2018″ ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida “CHEERS” savdo belgisi »2018-YILNING ENG YAXSHI MAHSULOTI” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

CHEERS CHIPSLARI “QIRSILDOQ” YOZNI E’LON QILADI

Chipslar bilan to‘ldirilgan idish har qanday kecha yoki oilaviy oqshomning ajralmas qismidir. Ko‘pincha sneklar bilan to‘lib toshgan do‘kon peshtaxtalariga ko‘z yugurtirasiz: mazali, noodatiy va organizm uchun zararsiz mahsulotni tanlashni kim xohlamaydi deysiz. O‘zbekistonda yaqindagina ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan Cheers yangi chipslari aynan shunday mahsulotlar sirasidan.

 

O‘zining mahsuloti haqida barchaga ma’lum qilish uchun chips ishlab chiqaruvchisi sanalgan Cheers Toshkentda keng ko‘lamli uch haftalik reklama aksiyasi o‘tkazdi. Chipslarni bepul tarqatishning birinchi bosqichi poytaxtning Ekopark, “Anhor-Lokomotiv” va G‘afur G‘ulom nomli parklarida joriy yilning 14 va 15-iyul sanalarida bo‘lib o‘tdi. Har bir parkda chipsli qutichalardan iborat katta stend o‘rnatildi, mehmonlarni esa yeti, chukcha, balerina va kosmonavt liboslaridagi animatorlar vaqtini chog‘ qilishdi va barchaga ijobiy kayfiyat ulashishdi.

 

Shu bilan birga ishtirokchilarga har biri Cheers chipslari bilan to‘ldirilgan qimmatli qutichalar tortiq qilindi. Buning uchun aksiyaning asosiy qahramonlari bilan selfi suratga tushish, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va #атеперьты xeshtegi bilan yozish talab qilinardi, xolos. Mazali chipslardan tashqari aksiya ishtirokchilari firma futbolkalari, kepkalari va do‘konga borganda hamtoh bo‘ladigan eko-sumkalarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Organizmga zararsiz ajoyib ta’m — qirsirdoq yangi mahsulotni aynan shunday ta’riflash mumkin. Cheers chipslari — bu pechda pishirishning o‘ziga xos texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan snek bo‘lib, mahalliy bozorda hali unga o‘xshash mahsulot taqdim etilmagan.

 

Cheers chipslari O‘zbekistonda Yevropa sifat standarti bo‘yicha va ekspertlarning jiddiy nazorati ostida ishlab chiqariladi. Chipslar o‘zimizda ishlab chiqarilganligi sababli hamyonbop narxlarda taklif etilishi ayniqsa quvonarlidir.

 

An’anaviy chipslardan farqli ravishda, Cheers qizitilgan moyda qovurilmaydi, balki konvension pechda qirsillaydigan po‘stloqday holatga kelguncha qizartirib pishiriladi. Aynan shu sababdan chipslar nafaqat juda mazali, balki to‘liq zararsiz hamdir, chunki ularning tarkibida ortiqcha yog‘lar yo‘q. Bundan tashqari, chipslar haqiqiy golland kartoshkalaridan tayyorlanadi va tarkibiga faqat tabiiy ziravorlar qo‘shiladi.

 

Sovg‘a uchun beriladigan chipslarni hali qo‘lga kiritmagan bo‘lsangiz, aslo xafa bo‘lmang. 21 va 22-iyul kunlari soat 19:00 da Toshkentning Next, Parus va Mega Planet kabi uchta eng yirik savdo markazlarida katta sempling bo‘lib o‘tadi. Noodatiy selfilardan tashqari, sizni yanada ko‘proq foydali sneklar hamda sovg‘alar kutmoqda va albatta yanada ko‘proq suratga tushishingiz mumkin.

Bu bilan “kirsillaydigan” yoz tugamaydi. 28- va 29-iyul kunlari shaharning uchta parkida navbatdagi aksiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu aksiyada siz yana bir qutidan sevimli chipslaringizdan  olishingiz mumkin. Shuningdek, uchinchi bosqichda sizda super sovg‘a uchun Xiaomi Redmi 5A smartfoni, binbeg va 50 quti chips taqdim etiladigan O‘zbekistondagi birinchi chips-kvest ishtirokchisiga aylanish imkoniyati mavjud.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+99871) 230-90-69

Facebook: fb.com/cheersuz

BOLALARGA BERING DUNYONI!

4-iyul sanasida Central Park’da “Bolalarga bering dunyoni!” nomli xayriya bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehribonlik uylaridagi bolalar, kam ta’minlangan oilalar va imkoniyati cheklangan bolalar ishtirok etishdi.

 

Bolalarning o‘yin-kulgusi hamda ajoyib kayfiyatlari tadbirni yanada bezadi va albatta ushbu hodisa bolalarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

 

CENTRAL PARK’DA KVEST

29-iyulda Central Park’da super sovg‘a uchun Xiaomi Redmi 5A smartfoni, binbeg va 50 quti chips taqdim etiladigan O‘zbekistondagi birinchi chips-kvest o‘tkazildi.  Ushbu tadbir kvest ishtirokchilariga dam olish kuni oqshomni qiziqarli o‘tkazish, shuningdek Cheers’dan super sovg‘alar yutib olish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etdi.

ZOR TV’da STAND UP SHOW

CHEERS ZOR TV telekanalida Stand Up formatidagi o‘ziga xos hajviy shouning asosiy homiysi hisoblanadi.

Har shanba soat 20:00 da Zo‘rTV telekanalida CHEERS bilan birga o‘tkaziladigan STAND UP shousini o‘tkazib yubormang.