- Biz haqimizda
- Video
- Mahsulotlar
- Promo
- Foydalanuvchi bitimi
- Qayerdan sotib olish mumkin
- Qayerdan sotib olish mumkin
- Aloqa ma'lumotlari
Mazkur Foydalanish Kelishuvi (bundan keyin matnda – Kelishuv) Foydalanuvchilarning http://www.cheers.uz (bundan keyin matnda – “Sayt”) sayti materiallari va xizmatlaridan foydalanishi shartlarini belgilab beradi.
1. Atamalar va ta’riflar
1.1. Ushbu Kelishuvda va undan kelib chiquvchi yoki u bilan bog‘liq munosabatlarda Tomonlar quyidagi atamalar va ta’riflarni qo‘llaydilar:
1.1.1. Ma’muriyat yoki Sayt egasi– “EAST-WEST INVEST” MChJ QK (O‘zbekiston, 100161, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chorbog‘ ko‘chasi, 14, OKED: 10720, STIR: 302512057).
1.1.2. Foydalanuvchi– mazkur Kelishuvni shaxsan yoki qonuniy vakili orqali (agar Foydalanuvchi balog‘at yoshiga yetmagan bo‘lsa) Saytdan, uning xizmatlaridan, axborotidan va uning resurslaridan foydalanishni boshlash yo‘li bilan qabul qilgan jismoniy shaxs.
1.1.3. Xizmat – Ma’murning Foydalanuvchiga axborot xizmatiga kirishini ta’minlash maqsadlarida taqdim etadigan Sayt va Kontentini hisoblaganda dasturiy-apparat vositalari funksional imkoniyatlarining o‘ziga xosligi. Axborot ta’minoti uchun to‘lov olinmaydi.
1.1.4. Sayt – Internet tarmog‘ining http://www.cheers.uz. domen nomida joylashgan internet-resursi.
1.1.5. Kontent – Xizmatdan foydalangan holda olish mumkin bo‘lgan matnli, grafik, audiovizual va boshqa materiallardan iborat har qanday ko‘rinishdagi axborot materiallari.
2. Umumiy shartlar
2.1. Sayt materiallari va xizmatlaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
2.2. Mazkur Kelishuv ommaviy oferta sanaladi. Foydalanuvchi Sayt materiallariga kirish huquqini qo‘lga kiritgan holda ushbu Kelishuvga qo‘shilgan hisoblanadi va uning barcha shartlarini to‘liq hamda so‘zsiz bajarilishini qabul qiladi. Agar Foydalanuvchida ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan to‘liq hamda so‘zsiz kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda u Sayt va uning barcha xizmatlaridan foydalanishni zudlik bilan to‘xtatish majburiyatini oladi.
2.3. Sayt ma’muriyati istalgan vaqtda ushbu Kelishuvning shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega. Bunday o‘zgartirishlar Kelishuvning yangi tahriri Saytda joylashtirilgan paytdan keyin 3 (uch) kalendar kunidan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda u Saytga kirishni rad etishi, Sayt materiallari hamda xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatishi shart.
2.4. Xizmatdan uning e’lon qilingan funksional imkoniyatlari doirasida istalgan usulda va har qanday shaklda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369- va 370-moddalari qoidalariga muvofiq ushbu Kelishuv shartlari bo‘yicha kelishuvni yuzaga keltiradi.
2.5. Ma’muriyat Xizmatdan foydalanish me’yorlarini o‘rnatish va boshqa texnik cheklovlarni kiritish huquqiga ega bo‘lib, bu haqda Foydalanuvchilarga vaqti-vaqti bilan Ma’muriyatni tanlash bo‘yicha shakl hamda usulida ma’lumot berib boradi.
3. Cheklovlar
3.1. Foydalanuvchi mazkur Shartnoma shartlariga rozi bo‘lgan holda quyidagilarni tushunadi va e’tirof etadi:
3.1.1. Tomonlarning bepul asosda Xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha munosabatlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarini qo‘llashni tatbiq etmaydi.
3.1.2. Xizmat axborotni axborot-ko‘ngilochar maqsadlarda qo‘llash uchun “borligicha” sharoitlarida taqdim etishga hech qanday kafolat berilmaydi, shuning uchun Xizmat Foydalasnuvchining barcha talablariga mos keladi; xizmatlar uzluksiz, tez, ishonchli va xatolarsiz taqdim etiladi; Xizmatdan foydalangan holda olingan natijalar aniq va ishonchli bo‘ladi; Xizmatdan foydalangan holda olingan qandaydir mahsulot, xizmatlar, axborot va Kontentning sifati Foydalanuvchi kutgan natijani beradi; Kontent va/yoki Xizmatning dasturiy ta’minotidagi barcha xatolar tuzatiladi.
3.1.3. Xizmat funksional imkoniyatlarning doimiy qo‘shimchalari va yangilanishlari bosqichida bo‘lganligi sababli ko‘rsatiladigan xizmatlarning shakli va xususiyati vaqti-vaqti bilan Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda o‘zgartirilishi mumkin. Ma’muriyat o‘z xohishiga ko‘ra, Foydalanuvchilarga ularni oldindan ogohlantirmagan holda xizmatlar taqdim etishni (yoki xizmatlar doirasida qandaydir alohida vazifalarni) to‘xtatish (vaqtincha yoki butunlay) huquqiga ega.
3.1.4. Foydalanuvchi mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda:
Xizmatning egalik huquqi tarkibiga kiruvchi EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarning, jumladan, ularning egalaridan oldindan yozma rozilik olmasdan turib, har qanday unsurlari hamda Kontentlari bilan birga nusxa ko‘chirish (ijro etish);
texnologiyani ochish, emulyatsiyalash, dastlabki holatini tiklash, dasturni qayta o‘zgartirish, shifrni yechish va Xizmat bilan boshqa shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish;
Xizmatdan Huquq egasining oldindan ruxsatini olmagan holda dasturiy mahsulotlar va/yoki xizmatlarni yaratish huquqiga ega emas.
3.1.5. Xizmat ishida yoki unda joylashtirilgan Kontentda xatolik aniqlangan taqdirda Foydalanuvchi bu haqda rekvizitlarda qayd etilgan manzil bo‘yicha Ma’muriyatga yoki Qo‘llab-quvvatlash xizmati uchun alohida Saytga ma’lum qiladi.
3.1.6. Har qanday vaziyatlarda ham Ma’muriyatning javobgarligi 100 000 (yuz ming) so‘m bilan cheklanadi va bu uning harakatlarida faqat ayb mavjud bo‘lgan taqdirdagina yuklanadi.
4. Bildirishnomalar (ogohlantirishlar)
4.1. Foydalanuvchi Ma’muriyatdan Sizning tomoningizdan Xizmat bilan ishlashda o‘z elektron manziliga va/yoki telefonining abonent raqamiga elektron axborot ma’lumotlarini (bundan keyin matnda – “notifikatorlar”) olishga rozilik bildiradi.
4.2. Ma’mur Foydalanuvchini Xizmatning o‘zgartirilishi yoki yangi imkoniyatlari, Shartnomani yoki unda qayd etilgan Majburiy hujjatlarni o‘zgartirish, shuningdek, axborot yoki reklama ko‘rinishidagi tarqatmalar to‘g‘risida xabardor qilish uchun notifikatorlarni qo‘llash huquqiga ega.
5. Foydalanuvchining majburiyatlari
5.1. Foydalanuvchi qonunni yoki xalqaro huquq me’yorlarini, jumladan, intellektual mulk, mualliflik va/yoki turdosh huquqlarni buzishi mumkin deb hisoblangan harakatlarni, shuningdek, Saytning yoki Sayt xizmatlari normal ishlashining buzilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni qo‘llamaslikka rozilik bildiradi.
5.2. Sayt materiallaridan uning egalarining roziligisiz foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sayt materiallarining qonuniy qo‘llanilishi uchun uning egalari tomonidan ruxsatnoma shartnomalari (shartnoma olish) tuzilishi lozim.
5.3. Saytning materiallaridan, jumladan, qo‘riqlanadigan mualliflik asarlaridan iqtibos olinganda Sayt ilova qilib ko‘rsatilishi shart.
5.4. Foydalanuvchining Saytdagi izohlari va boshqa qaydlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va umum qabul qilingan axloq hamda odob me’yorlariga zid kelmasligi lozim.
5.5. Foydalanuvchi Sayt Ma’muriyati ilovasi Saytda mavjud bo‘lgan tashqi resurslarga tashrifi va ulardan foydalanganligi uchun javobgar emasligi haqida ogohlantiriladi.
5.6. Foydalanuvchi Sayt Ma’muriyati Foydalanuvchi oldida Saytdagi istalgan mazmundagi, mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va tashqi saytlar yoxud Foydalanuvchi Saytda ma’lumot yoki ilovani joylashtirgan holda ishlatgan boshqa aloqalari orqali olingan bunday qaydlar, tovarlar yoki xizmatlar haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq mumkin bo‘lgan yoki yuzaga kelish ehtimol bo‘lgan har qanday yo‘qotishlar yoki zararlar uchun javob bermaydi yoki ular bilan bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita majburiyatlarni olmaydi.
5.7. Foydalanuvchi Saytning barcha materiallari va xizmatlari yoki ularning istalgan qismi reklama bilan berilishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani qabul qiladi. Foydalanuvchi Sayt Ma’muriyati bunday reklama uchun javob bermaydi va bu bilan bog‘liq majburiyatlarni olmaydi.
6. Ma’muriyatning javobgarligi
6.1. Ma’muriyat Foydalanuvchilarning Saytdan foydalanuvchi yoki undan onlayn rejimida ham, Internet tarmog‘i orqali offalayn tartibida ham foydalanuvchi yoki tomosha qiluvchi uchinchi shaxslarning har qanday harakati uchun javob bermaydi.
6.2. Ma’muriyat Foydalanuvchiga yoki uchinchi shaxslarga Saytdan foydalanganligi yoki foydalanmaganligi, jumladan, Saytdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi uchun yetkazilgan bilvosita yoki bevosita zararlarni qoplaymaydi.
6.3. Ma’muriyat Saytga kimnidir tomonidan joylashtirilgan axborotni tekshirish, o‘zgartirish va nazorat qilish majburiyatini o‘ziga olmaydi, axborotning ishonchliligi, uning qonuniyligi, sifati va Sayt foydalanuvchilarining talablari hamda ehtiyojlariga mos kelishi uchun javob bermaydi.
6.4. Ma’muriyat Saytga ilova qilingan va unga tegishli bo‘lmagan saytlarning mazmuniga javob bermaydi va ularga kirish, ishning to‘g‘riligi va e’lon qilingan mavzuga mosligini kafolatlamaydi.
6.5. Ma’muriyat ma’lumotlarga ishlov berish yoki uzatishdagi har qanday xatolar, kamchiliklar, uzilishlar, o‘chirishlar, nuqsonlar, kechikishlar, aloqa liniyasidagi uzilishlar, o‘g‘riliklar, foydalanuvchilarning materiallariga qonunga zid tarzda kirish yoki yo‘q qilish, Saytda yoki istalgan boshqa joyda joylashtirganligi uchun javob bermaydi. Ma’muriyat telefon tarmoqlari yoki xizmatlari, kompyuter tizimlari, xizmatlari yoki provayderlari, kompyuter yoki telefon moslamalari, dasturiy ta’minot, elektron pochta xizmatlari yoki texnik sabablar bo‘yicha skriprtlardagi har qanday texnik buzilishlar yoki boshqa muammolar uchun javob bermaydi.
6.6. Ma’muriyat Foydalanuvchi yoki boshqa shaxsning kompyuteri, mobil aloqa vositalari, har qanday moslamasi yoki qurilmalariga Saytdan yoki unda joylashtirilgan ilovalar bo‘yicha yuklangan materiallardan kelib chiqqan yoxud ular bilan bog‘liq istalgan zarar uchun javob bermaydi.
6.7. Ma’muriyat har qanday sharoitda ham Foydalanuvchining yoki istalgan uchinchi shaxslarning oldida yetkazilgan zararlar, jumladan, Saytdan Foydalanuvchi yoki boshqa shaxslar Ma’muriyat tomonidan ehtimoliy bunday zarar haqida ogohlantirilgan yoki ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay qo‘ldan chiqarilgan foyda yoki yo‘qotilgan ma’lumotlar, Saytdan foydalanganligi sababli, Saytdagi mavjud yoki boshqa materiallarni qo‘llaganligi munosabati bilan kelib chiqqan sha’n, nomus yoki ishbilarmonlik obro‘siga yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi.
6.8. Sayt yoki uning Xizmatlaridan profilaktika va boshqa ishlar o‘tkazilishi yoki texnik ko‘rinishdagi istalgan boshqa sabablar tufayli u yoki bu vaqtda qisman yoki to‘liq foydalanish cheklanishi mumkin.
6.9. Ma’muriyat Foydalanuvchining kirish ma’lumotlari – login va parolning saqlanishi, shuningdek, Kelishuvning Shaxsiy ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelishi va ularning Foydalanuvchidan Ma’muriyatga torshirilishining qonuniyligi talablariga rioya qilinmaganligi natijasidagi yoki yetkazilgan har qanday turdagi zarar uchun javob bermaydi.
7. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga roziligi. Sayt Ma’muriyati tomonidan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish tartibi
7.1. Foydalanuvchi tomonidan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ma’muriyatga taqdim etish, shaxsiy ma’lumotlar sub’yekti (Foydalanuvchi) tomonidan Ma’muriyat va uning Hamkorlarining Foydalanuvchiga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlov berishiga ixtiyoriy, o‘z xohishi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, rozilik bildiradi.
7.2. Ma’muriyat va uning Hamkorlari Foydalanuvchilarning Shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan ularning operatorlari hisoblanadilar va ularga ishlov berishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga amal qiladilar.
7.3. Foydalanuvchi tomonidan Shaxsiy ma’lumotlar Saytdagi qayd etish shaklida joylashtirilgan tegishli ma’lumotlarni to‘ldirish yo‘li bilan taqdim etiladi.
7.4. Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun uni shaxsan taqdim etgan shaxs javob beradi. Ma’muriyat o‘ziga Foydalanuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha hech qanday majburiyatni olmaydi.
7.5. Ma’muriyat va uning Hamkorlari tomonidan Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishdan maqsadi:
- foydalanuvchilarni Saytda ro‘yxatdan o‘tkazish;
- foydalanuvchilarni promo-aksiyalar, marketing tadqiqotlariga jalb etish;
- Foydalanuvchining Ma’muriyat va/yoki Hamkorlarning mahsuloti hamda xizmatlari sifatidan qoniqqanligi darajasini tadqiq etish;
- Foydalanuvchilarni Ma’muriyatning mahsuloti va xizmatlari, uning “Cheers” savdo yorlig‘i ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi va/yoki savdo qiluvchi Hamkorlari to‘g‘risida xabardor qilish;
- Foydalanuvchilarga yutuqlarni yetkazib berish (ular yutgan taqdirda);
- g‘oliblar ro‘yxatini e’lon qilish;
- e-mail tarqatma yo‘li bilan xabardor qilish va yutuqlar haqida chat-bot vositasi orqali tarqatma yo‘li bilan xabar qilish hisoblanadi.
7.6. Ma’muriyat va uning Hamkorlari shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoyalashning hamma zarur chora-tadbirlarini kafolatlaydi. Foydalanuvchilar tomonidan Saytda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ma’lum qilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar Ma’muriyat va uning Hamkorlari tomonidan O‘zbekiston Republikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq hamda mazkur Shartnomada qayd etilgan kafolatlarga rioya qilgan holda saqlanadi va ishlov beriladi.
7.7. Mazkur Kelishuvni qabul qilishda, Ma’muriyat Foydalanivchisi tomonidan bildirilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik shaxsiy ma’lumotlarni ularni qaytash ishlovchi, promo-aksiya va boshqa tadbirlarni o‘tkazuvchi, sovrinlarni aksiya g‘oliblariga yetkazib beruvchi, Foydalanuvchilarni Ma’muriyat mahsulotlari va uning topshirig‘i bilan o‘tkaziladigan tadbilari haqida xabardor qiluvchi Ma’muriyat Pudratchilariga shuningdek Hamkorlariga berishga rozilikni ham anglatadi.
7.8. Agar Foydalanuvchi Ma’muriyat tomonidan o‘tkazilgan promo-aksiyalar va boshqa tadbirlar jarayonida sovrin yutgan taqdirda u Ma’muriyatning xohishiga ko‘ra uning haqida Saytda, ommaviy axborot vositalarida ma’lumot berilishiga o‘z roziligini beradi. G‘olib bo‘lgan Foydalanuvchining quyidagi shaxsiy ma’lumotlari ommaviy foydalanish huquqiga ega hisoblanadi:
- familiyasi, ismi, sharifi;
- surati (Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan);
- yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aholi hududi mintaqasi va uning nomlanishi);
- Foydalanuvchi ishtirok etgan aksiyaning nomlanishi;
- uning tomonidan yutib olingan yutuqning tavsifi.
7.9. Ma’muriyatning topshirig‘i bilan aksiyani tashkillashtirayotgan va/yoki o‘tkazayotgan Ma’muriyat, uning Hamkorlari va Pudratchilar aksiyada ishtirok etayotgan Foydalanuvchining yoshini tasdiqlash, uning yoshi asosida layoqatliligini aniqlash maqsadida pasporti (shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjat)ning nusxasi (skaneri)ni so‘rab olish huquqiga ega. Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat) nusxasidagi mavjud ma’lumotlarga ishlov berish biometrik shaxsiy ma’lumotlarning ishlov berilishi hisoblanadi, chunki pasport egasining surati uning shaxsini aniqlashda foydalanilmaydi. Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat) nusxasi (skaneri) ishtirokchilarning ma’lumotlari bazasiga kiritilganidan yoki ma’lumotlar aksiya ishtirokchilari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda taqdim etgan ma’lumotlar bilan solishtirilganidan so‘ng ma’lumotlar kiritilganidan va/yoki solishtirilgan vaqtdan boshlab 30 kun mobaynida yo‘q qilinadi.
7.10. Foydalanuvchi ushbu Kelishuvni istalgan vaqtida bir tomonlama tartibda bekor qilishga va Ma’muriyat va uning Hamkorlari tomonidan shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga roziligini erkin ko‘rinishdagi yozma ariza, berganlik haqidagi ogohlantirilgan xat va Ma’muriyatga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdagi aynan o‘sha shaxsiy ma’lumotlar yoki Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat haqidagi ma’lumotlardan iborat ______________ elektron pochta manzilga xat yo‘llash orqali ogohlantirishga haqli.
7.11. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini oluvchi Ma’muriyat va uning Hamkorlari, shuningdek, Pudratchilar ularni Foydalanuvchining roziligisiz tarqatmaydilar va boshqa shaxslarga taqdim etmaydilar, shaxsiy ma’lumotlar mazkur Foydalanish Kelishuvining shartlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan holatlar, Foydalanuvchiga sovrinlarni yetkazib berish (ular yutgan taqdirda) va Foydalanuvchi ishtirokchi hisoblangan aksiya jarayonida Ma’muriyatning o‘ziga qabul qilgan boshqa majburiyatlar bundan mustasno.
7.12. Shaxsiy ma’lumotlar Ma’muriyat va uning Hamkorlari, Pudratchilar tomonidan shartlarini Foydalanuvchi qabul qilgan Kelishuvning amal qilish muddati davomida saqlanadi va ishlov beriladi. Foydalanuvchi tomonidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik qaytarib olinganda va/yoki Foydalanish Kelishuvi tomonlarning biri tarafining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda shaxsiy ma’lumotlar rozilik chaqirib olingan kundan va/yoki Kelishuv bekor qilingan kundan boshlab Ma’muriyat tomonidan 30 (o‘ttiz) kun davomida yo‘q qilinadi. Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlar Hamkorlar, Pudratchilar tomonidan o‘z vaqtida yo‘q qilinishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘radi.
8. Barcha shartlari
8.1. Mazkur Shartnomadan kelib chiquvchi yoki u bilan bog‘liq barcha mumkin bo‘lgan bahslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinishi lozim.
8.2. Kelishuvdagi hech bir narsa Foydalanuvchi va Sayt Ma’muriyati o‘rtasida agentlik munosabatlari, sheriklik munosabatlari, birgalikdagi faoliyat bo‘yicha munosabatlar, shaxsiy yollanish munosabatlari, yoki Shartnomada nazarda tutilmagan qandaydir boshqa munosabatlarning o‘rnatilishi sifatida tushunilmasligi lozim.
8.3. Sud tomonidan Kelishuvning qandaydir qoidasi haqiqiy emas yoki majburiy ijro etish lozim emas, deb topilishi Kelishuvning boshqa qoidalari bekor qilinishiga olib kelmaydi.
8.4. Kelishuv qoidalari Foydalanuvchilardan biri tomonidan buzilgan taqdirda Sayt Ma’muriyati tomonidan chora ko‘rilmasligi Sayt Ma’muriyatini keyinchalik Sayt materiallarini qonunchilikka muvofiq muhofaza qilinadigan o‘z manfaatlarini va mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘rish huquqidan mahrum qilmaydi.
8.5. Kelishuv bo‘yicha yoki u bilan bog‘liq barcha bahslar Huquq egasi joylashgan hudud bo‘yicha sudda O‘zbekiston Respublikasining prossetsual huquqiga muvofiq ko‘rib chiqilishi lozim.
8.6. Mazkur Kelishuv Ma’muriyat tomonidan Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda yoki bu bilan bog‘liq hech qanday kompensatsiyani to‘lamagan holda bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi yoxud to‘xtatilishi mumkin.
8.7. Mazkur Kelishuvning amal qilinayotgan tahriri Huquq egasining Saytida joylashtiriladi va Internet tarmog‘ining quyidagi manzilidan kirish mumkin bo‘ladi: http://cheers.uz.policy
9.Ma’muriyat/Hamkorlarning manzillari va bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
“EAST-WEST INVEST” Mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi
Manzili: 100161, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Chorbog‘ ko‘chasi, 14-uy
Теlefon: +998 (78) 150 65 00
STIR: 302512057
10.Pudratchining manzillari va bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
“TODA FA MARKET” Xususiy korxonasi
Manzili: Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, Ehtirom ko‘chasi, 5а-uy.
Теlefon: ________________
STIR: 308157731
Ma’muriyat o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda ushbu Kelishuvga, jumladan, Hamkorlar va Pudratchilarning ro‘yxatiga har qanday o‘gartirishlar kiritish huquqiga ega. Qayd etilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumot ular amal qilishidan kamida 7 (yetti) kun oldin Saytga joylashtiriladi.
Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha bandlari bilan tanishganligini hamda ularni so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi.